Veb sayt ochishning qanday foydalari bor?

2016-03-11   2062

Veb sayt ochishning qanday foydalari bor?

Ushbu maqolada veb sayt ochishning foydali tomonlari, Korxona va tashkilotning sayti bo'lishi nima foyda keltirishi, sayt ochishdan asosiy maqsad nima ekanligi haqida so'z yuritiladi

Oxirgi yillarda internet bizning hayotimizni juda qulaylashtirib berdi. O’zimizga tegishli korxonani qidirib topishimiz yoki kerakli sohada hamkorlar topish kabi ishlar internet vositasida juda osonlashdi. Hatto, savdo-sotiq ishlari ham internet bilan amalga oshayotgani sir emas.   Hozirda deyarli har bir korxona,   muassasa, davlat idorasi deysizmi, har   birining internetdagi sahifasiga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. Chunki korxona haqida kerakli malumotni olish uchun uning binosi oldiga borib qabulga yozilish va kerakli odam bilan uchrashish ancha vaqtni oladi. Agar shu korxonaning vebsayti bo’lsa-chi, kerakli ma’lumotni bir necha daqiqada olishingiz mumkin. Masalan sizga biror universitetning fakultetlari va o’qituvchilari haqida ma’lumot kerak.   Buning uchun o’sha o’quv binosiga borishdan ko’ra uyingizdan o’tirib internet orqali shu ma’lumotni olish mumkin. Buning uchun albatta o’sha o’quv muassasaning internetdagi sayti bo’lishi lozim.   Shuning uchun hozirda universitet va kollejlar ham o’z   vebsaytlarini tuzib internetga joylamoqdalar.

Bundan tashqari, agar siz savdo –tijorat bilan shug’ullansangiz o’z mahsulotingizni internet orqali sotishingiz mumkin. Buning uchun “internet –do’kon” deb ataluvchi sayt ochishingiz kerak. Saytda esa tovar rasmlari va ular haqida ma’lumotlarni yozasiz...

Agar sizda ijodiy qobiliyatingiz bo’lib o’z fikr mulohazalaringizni internet orqali odamlarga bildirmoqchi bo’lsangiz, u holda “blog” deb ataluvchi shaxsiy vebsayt ochishingiz mumkin. Bu orqali siz o’zingiz kabi hamfikr odamlar bilan muloqotda bo’lasiz.

Hozirda internetga kirivchilar soni kun sayin ko’paymoqda. Bir vaqtning o’zida dunyoda millionlab insonlar internet tarmog’idan foydalanmoqda. Shuning uchun har qanday tadbirkor uchun ham ijodkor uchun ham internetda shaxsiy sayti bo’lishi juda muhimdir. Tadbirkor bo’lsangiz sizni korxonangiz va mahsulotingiz haqida odamlar ma'lumot oladi. Ijodkor bo’lsangiz sizni ijodingiz bilan boshqalar ham tanishadi.

Xullas, zamonaviy tadbirkorning ishini veb saytsiz tasavvur etish qiyin.

- - -